OCHL-2017. Nimchorak finalga chiqqan 8ta klub nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
26 apr 2017, 21:50
Osiyo chempionlar ligasida 5-tur bahslari rasman yakunlandi.

Bugun bo'lib o'tgan oxirgi 4ta uchrashuvdan so'ng "Muangtong Yunayted", "Kashima Antlers", "Urava Red Daymonds" va "Shanxay SIPG" klublari yo'llanmaga ega bo'lishdi.

Bunga qadar "Lahviya", "Al Ayn", "Al Hilol" va "Jiangsu Suning" klublari keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishgandi.

Guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari 8-9 may kunlari bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia