

Bu yildan e'tiboran musobaqa o'yinlari dushanba, seshanba va chorshanba kunlari o'tkaziladi.
Dastlabki kunda G'arb mintaqasida 4ta bahs o'tkaziladi. Ular orasida o'zbekistonik muxlislar uchun eng ahamiyatlisi Saudiya Arabistonida kechadigan "Al Taavon" - "Lokomotiv" bahs bo'ladi. Mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:40da start oladi.
"Temiryo'lchilar" o'rin olgan guruhdagi yana bir o'yin BAAda "Al Ahli" va Eroning "Istiqlol" klublari o'rtasida kechadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15da boshlanadi.
Shuningdek bugun, "B" guruhidan o'rin olgan ikkita uchrashuv ham bo'lib o'tadi.
OCHL-2017. 1-tur
20 fevral
"A" guruhi
20:40 - "Al Taavon" (Saudiya Arabistoni) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)
21:15 - "Al Ahli" (BAA) - "Istiqlol" (Eron)
"B" guruhi
16:00 - "Istiqlol Xuziston" (Eron) - "Al Fateh" (Saudiya Arabistoni)
18:50 - "Lahviya" (Qatar) - "Al Jazira" (BAA)




