“Al-Jaish” yaqindagina tashkil etilgan klub bo'lsada, klubning moliyaviy ahvoli ancha baquvvat va jamoaning o'zagi tajribali legionerlardan tashkil etilgan. Moddiy jihatdan kuchli klubning o'z oldiga qo'ygan vazifa va maqsadlari ham shunga yarasha. “Al-Jaish” katta arenalarda ham o'z nomini yozdirib qo'yishga bel bog'lagan va klub rahbarlari bu borada katta ko'lamdagi ishlarni olib borishmoqda.
“Al-Jaish” (Qatar)
Tashkil topgan yil: 2007
Stadioni nomi: “Abdulla bin Nosir bin Xalifa” (sig'imi: 27000)
Klub prezidenti: Hamad bin Ali Al-Attiya
Bosh murabbiyi: Nabil Maloul (Tunis)
Erishgan yutug'i: Qatar Yulduzlar Kubogi sohibi (2012-13).
“Al-Jaish” tarkibi:
1. Usama Kamel
2. Murad Naji
3. Abdulla Souami
4. Anderson Martins (Braziliya)
5. Muhammad Al Jabri
6. Rami Fayoz (Iordaniya)
7. Vesam Riziq
8. Yusuf Mufta
9. Nilmar (Braziliya)
10. Jires Kembo Ekoko (Fransiya)
12. Majid Muhammad
14. Muhammad Mothnani (Tunis)
15. Abdulgadir Ilyas Bakur
17. Go Seul Ki (Koreya)
18. Jeddo
19. Abdurahmon Abkar
20. Vagner Riberio (Braziliya)
21. Ali Sanad
22. Al Dokali Al Seyed
23. Xaled Abderauf
25. Abdulla Al-Ali
27. Ali Abdulkarim
29. Muhammad Muntari (Gana)
32. Fahad Yunus
33. Ahmad Sofiyan
90. Ivanildo Rodrigez (Braziliya)
91. Saud Al Xater
92. Salim Al Ahbabi
99. Tariq Rashid Eid
Qatarliklarni yaqingacha boshqarib kelgan ruminiyalik Rezvan Luchesku ishdan bo'shatildi va uning o'rniga Tunislik Nabil Maloul klubda ish boshladi. Ushbu mutaxassis futbolchilik faoliyatida Germaniyaning “Gannover” klubi sharafini himoya qilgan.
“Al-Jaish” safida yaqindagina kelib qo'shilgan braziliyalik tajribali hujumchi Nilmar raqibimiz o'yinini kuchaytirdi. Shuningdek, jamoaning fransiyalik legioneri Kembo Ekoko va yana bir braziliyalik futbolchi Anderson Martins “Al-Jaish”ni yetakchilari hisoblanadi. Qatarliklarning hujum chizig'i juda xavfli sanaladi. Bu o'yinda Maqsud va Hamza Karimovlarga etarlicha ish topiladi.
“Nasaf”ni ham jiddiy sinov kutib turibdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “ajdarlar”ga mehmonda “Al-Jaish”ni er tishlatish oson kechmasligi aniq. Lekin “Nasaf”mehmonda qanday o'ynashni yaxshi biladi. Qarshilik futbolchilarni shashtlari baland va ular o'z maqsadlari sari dadil qadam tashlay olishadi. Jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev “ajdarlar”ga kerak bo'lgan “adrenalin”ni paydo qila oldi. Qo'shimchasiga, Berdievning yordamchilari Shuhrat Toshpo'latov va Zafar Xolmurodovlar ham jamoaga haqiqiy “Nasaf”cha ruhni bag'ishlay olishmoqda. O'ylaymizki, “ajdarlar” Dohadagi o'yinni o'z foydalariga hal eta olishadi.
“Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalariga omad tilab qolamiz! Yurtimiz sharafini munosib himoya etishlariga ishonamiz!
Shahboz Beg'amov