OCHL-2. "Selangor" OCHLning 2 karra g'olibini mag'lub etdi, Umar Eshmurodovdan assist

Tolibjon Qosimov
23 okt 2024
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

"H" guruhi doirasida Malayziyaning "Selangor" klubi Koreya Respublikasining nomdor jamoasi "Chonbuk"ni 2:1 hisobida taslim qildi. Uchrashuvda mezbonlarning birinchi goliga hamyurtimiz Umar Eshmurodov golli pas berdi. Bellashuvda Eshmurodov to'liq harakat qildi. Mezbonlar safida ikkinchi golni Iordaniya terma jamoasi hujumchisi Ali Olvan kiritdi.

OCHL-2

"H" guruhi, 3-tur

23.10.2024

"Selangor" - "Chonbuk" 2:1

Gollar: X.Haiqal (U.Eshmurodov) 31, A.Olvan 33 - Kvon Chang Xon 40

"Selangor": 20.Azim Al Amin, 2.Kuenting Cheng (22.Muhammad Fazli Mazlan, 59), 3.Muhammad Abualnadi, 14.Ahmad Zikri (44.Sharul Nazem, 84), 55.Xarit Haiqal, 92.Umar Eshmurodov, 6.Noa Layn, 16.Yoxandri Orozko, 25.Nikola Jambor (77.Alif Haiqal, 74), 9.Ronni Fernandez (17.Ahmad Danial Asri, 84), 90.Ali Olvan.

Ogohlantirish: Y.Orozko 90+7

Chetlatish: Y.Orozko 90+8 (ikkinchi sariq)

Bu g'alabadan keyin "Selangor" guruhda aynan "Chonbuk"ni quvib o'tib peshqadam bo'lib oldi. Ular hisobida 7 ochko mavjud, koreyaliklarning ochkolari esa oltitaligicha qoldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia