

Unda BAAning “Al Ahli” klubi Saudiya Arabistonining shu nom bilan ataluvchi jamoasini qabul qildi. Bu ikki jamoaning Saudiya Arabistonida o'tgan ilk o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
Javob uchrashuvida mehmon maqomida harakat qilgan saudiyalik futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo'l olishdi. Maydon egalaridan yagona javob to'pini hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Asamoa Gyan penaltidan kiritdi.




