"Obod"ning 73 foiz golini Norxonov urdi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 13:40
Oliy liga debyutanti 23-turda Toshkent derbisi doirasida "Lokomotiv" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvda "Obod" safida yagona golni hujumchi Shohruz Norxonov urdi. Shunday qilib, futbolchi mavsumdagi o'zining 13-golini urishga erishdi.

E'tiborlisi "Obod" klubi futbolchilari jami 19ta gol urishdi. Norxonov klubining 73 foiz golini urishga erishdi.

Qolgan 6ta golga Pavel Solomin (3ta), Sanjar To'raqulov, Temur Hakimov va Doniyor Hasanov mualliflik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia