Obid Jo'raboev bilan Mirzohid G'ofurov "Bunyodkor"da

13 dek 2014, 10:23
“Qaldirg'ochlar” kecha yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Sergey Lushan boshqaruvidagi jamoada yig'inning ilk kunidan boshlab, yangi futbolchilar paydo bo'ldi. Joriy mavsum “Olmaliq” sharafini himoya qilgan Obid Jo'raboev va “Mashal” a'zosi Mirzohid G'ofurov ayni damda “Bunyodkor” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. 

Aytish kerakki, "Olmaliq"ning yana bir futbolchisi Shaker Zuagi bundan oldin rasman "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgandi.

Shuningdek ijara asosida ikkin davrani “Navbahor”da o'tkazgan himoyachi Bobur Akbarov ham yana jamoaga qaytgan. 


Manba: championat.asia