Obameyang muxlislardan uzr so'radi

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 18:15
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang omadsiz mavsum uchun muxlislardan uzr so'radi.

Ushbu haftada londonliklar Yevropa ligasi yarim finalida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan tashqari, jamoa APL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

"Arsenal" muxlislari uchun og'ir mavsum bo'ldi. Shu boisdan mavsum yakunida sizlar uchun sovg'a tayyorlamoqchi edik. Afsuski, rejalarimiz amalga oshmadi. Ishonchizngizni oqlay olmaganimiz uchun barchadan uzr so'rayman", - dedi Obameyang.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal