Obameyang Masharipov bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2022, 23:35
Saudiya Arabistoni klubi "Arsenal"ga taklif bilan chiqdi.

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangni sotib olish bo'yicha "Arsenal"ga rasmiy taklif jo'natdi. Saudiya klubi gabonlik futbolchini mavsum oxirida 6.7 mln funt evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

"Arsenal" klubi bu taklifga hali rasman javob qaytargani yo'q. Ammo futbolning masuliyatsizligi tufayli jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta uni "Arsenal"dan ketkazib yuborish niyatida. Futbolchi nafaqat klubida, balki Gabon terma jamoasida ham tartib-intizom qoidalarini pisand qilmayotgandi.

Ana xolos! Obameyang va Lemina "bosar-tusarini" bilmay qolgani uchun termadan ketkazib yuborildi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Goal.com