Obameyang "Arsenal"ning ichki xavfsizlik qoidalari buzdi

Alisher
16 fev 2021
Tarmoqda "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangning Barselonada ispan ustasi Alexandro Nikolas Bernal qo'lida yangi tatiurovka chizdirayotgan kadrlari paydo bo'ldi.

Jarayonda futbolchi va usta himoya niqoblarida bo'lishmagan.

Obameyang koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir paytda "Arsenal"ning ichki xavfsizlik protokollarini buzgan bo'lishi mumkin.

Klub allaqachon ma'lumotlarga munosabat bildirdi va Obameyang bilan vaziyatni aniqlashtirish uchun uchrashuv haqida xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" yakshanba kuni "Lids"ni 4:2 hisobida engdi va Obameyang xet-trik muallifiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: Goal