Obameyang 6 yil oldingi noxush natijasini takrorladi

26 okt 2020, 09:53
“Arsenal” APL 6-turi doirasida o'z uyida “Lester”ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Londonliklar hujumchisi Per-Emerik Obameyang ichki chempionat doirasida ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol ura olmayapti. Bunday holat gabonlik forvard bilan so'nggi bor 2014 yil noyabrida sodir bo'lgandi. O'shanda futbolchi Dortmundning “Borussiya” klubida harakat qilardi.

Obameyang joriy mavsum APL doirasida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta