"Nyukasl"ning 38 mln funtlik vingeri uch oyga safdan chiqdi

Administrator
29 sen 2023, 20:12
Gap Xarvi Barns haqida ketmoqda.

"Nkasl" klubi futbolchisi Xarvi Barns uzoq muddatga safdan chiqdi. 25 yoshli vinger "Sheffild"ga qarshi o'yinning 12-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etgandi. Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

"Hozirgi xulosalarga ko'ra, Barns uch oyga safdan chiqdi. Operaciya shart emas. Bu albatta yaxshi xabar.

Bu Xarvi uchun zarba. U endigina formaga tushib olgandi. Oldinda ko'p o'yinlar bor. Istalgan o'yinchining jarohati biz uchun juda katta yo'qotish bo'ladi", -deydi "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau.

Ma'lumot uchun, Xarvi Barns ushbu mavsum boshida "Lester"dan 38 mln evro evaziga sotib olingandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.nufc.co.uk