"Nyukasl" yozda Diabi uchun taklif yuboradi

Оқил Абдубарноев
12 may 2023, 00:30
"Bayer" vingeri Mussa Diabi "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasi vaqtida "Bayer"ga taklif bilan chiqadi. Avvalroq 23 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga PSJ va "Real" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Diabi joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe