"Nyukasl" Xvichani sotib olmoqchi

17 dek 2022, 14:50
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyani o'z tarkibida ko'rmoqchi.

Futbolchi ayni paytda 50 mln funtga baholanmoqda. 

Manbaga ko'ra, "hakkalar" gruziyalik futbolchini Jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan oldin kuzatib borishgan. Joriy mavsumda Italiya A Seriyasi va Chempionlar Ligasida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirganini inobatga olsak, uning Premer-liga vakilini o'ziga tortgani hayratlanarli emas.

21 yoshli vinger Neapol klubi bilan 2027 yil yoziga qadar kuchda bo'ladigan shartnomaga ega.

O'xshash yangiliklar


Manba: London Times