"Nyukasl" va PSJ "Borussiya" o'yinchisi uchun kurashadi

Alisher Ostonov
2 yanv 2023, 14:20
"Nyukasl" va PSJ Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Kuadio Konega qiziqmoqda.

Ikki klub ham 21 yoshli francuzni qishki transfer oynasida xarid qilmoqchi. "Nyukasl" o'tgan yozda futbolchini xarid qilishga urindi va u uchun 35 mln evro taklif qildi, ammo rad javobi bitimning amalga oshishiga to'sqinlik qildi.

Konte 2022/23 yilgi mavsum "Borussiya" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Media Foot