"Nyukasl" qishda transferlarga qo'l urmoqchi emas

Alisher
29 dek 2020, 16:50
"Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryusda transfer bozoriga kirish uchun mablag' yo'q.

"Nyukasl"ga ayni damda jamoaning ikki yetakchisi yordam bera olmayapti - Allan Sen-Maksimen (koronavirus) va Rayan Freyzer (jarohat). Ikkisi ham yanvarning katta qismini o'tkazib yuboradi.

Klubning ularga o'rinbosar topishi kutilgan edi, ammo bunday bo'lmadi.

"Nyukasl" Angliya Premer-ligasi jadvalida 14 o'yindan so'ng 18 ochko jamg'argan holda 14-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph