Nyukasl Maklarenni iste'foga chiqardi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2016, 17:35
Nyukasl ustozi Stiv Maklaren iste'foga chiqarildi.

Bornmutdan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng klub Stiv Maklaren bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Biz klubning natijalarini yaxshilash uchun shunday qarorga keldik, - deb yoziladi klub bayonotida.

Oldinroq Nyukaslni Rafael Benites boshqarishi haqida xabarlar chiqqandi.

28ta turdan so'ng 24 ochko bilan Nyukasl APLda 19-o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: nufc.co.uk