"Nyukasl" Ispaniya terma jamoasi forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
6 iyun 2022, 14:33
"Nyukasl" xo'jayinlari shu yozda "Yuventus" forvardi Alvaro Morata bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Klub 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun Londonning "Arsenal" klubi bilan kurashishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerakki, Morataning transfer huquqi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli, forvard "Yuventus"da ijara asosida harakat qildi.

Alvaro Morata o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato