

"Hozir biz Nyubelni boshqa jamoaga o'tkazish ustida ishlamoqdamiz. Aleksandr muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi, "Bavariya" esa unga bu narsani bera olmaydi. Mavsumdagi bir nechta o'yinlar uni qanoatlantirmaydi", - deydi agent.
Nyubelga oldinroq Dortmundning "Borussiya" va Fransiyaning "Monako" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Aleksandr "Bavariya"ga 2020 yilning yozida kelgan. Tomonlar 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashgan.



