Nunu Gomesh: “Portugaliya terma jamoasiga Ronaldu va omad kerak”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014, 12:50
Portugaliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Nunu Gomesh Paulu Bentu shogirdlarining Jahon chempionatidagi imkoniyatlariga baho berib o'tdi.
Jamoaning natijalari Krishtianu Ronalduga bog'liq ekan.

“Agar maydonda Ronaldu bo'lsa, jamoa kuchli o'yin ko'rsatadi. U jamoaning guruhdagi ilk o'yiniga tayyor bo'lishiga umid qilaman.Shunga qaramay, jamoamizda boshqa kuchli futbolchilar ham bor. Lekin bizga omad ham kerak bo'ladi”, - deydi Nunu Gomesh.
Portugaliya terma jamoasi mundial guruh bosqichida Germaniya, AQSH va Gana terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com