Noyer teri saratoniga chalinib, uchta operaciyani boshdan kechirganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 17:49
Myunxenning "Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer teri saratoni tufayli uchta operaciyani boshdan o'tkazganini ochiqladi.

"Mening shaxsiy tariximda teri kasalligi bor. Mening yuzimda teri saratoni bor edi. Shu sababli uch marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishimga to'g'ri keldi. Endi men quyoshdan himoyalanishga ko'proq e'tibor beryapman. Men doimo ochiq havoda mashq qilib, bo'sh vaqtimni tabiat qo'ynida o'tkazishni yaxshi ko'raman", – dedi Noyer.

Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Futbolchi "Shalke" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Darvozabon 2009 yildan buyon Germaniya terma jamoasiga muntazam chaqirib kelinadi. U 2014 yilda Germaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo'lgan, shuningdek, Braziliyada bo'lib o'tgan mundialda eng yaxshi darvozabon deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport1.de