Noyer mavsumdagi so'nggi o'yinda qatnashishi mumkin
Mirjalol Normatov
24 may 2019
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan forig' bo'ldi va u Germaniya Kubogi finalida o'ynashga tayyor. Bu haqda "Sky Germany" nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Noyer aprel oyining o'rtalarida "Fortuna"ga qarshi bahsda jarohatlanganidan buyon o'yinlarda qatnashganicha yo'q.
Germaniya Kubogi finali 25 may kuni o'tkaziladi. Unda "Bavariya" "Leyptsig"ga qarshi bahs olib boradi.