Noyer Yevropa chempionatidan so'ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi

Оқил Абдубарноев
7 iyun 2024, 01:41
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer yaqin orada Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda jurnalist Tobi Altshaffl o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Evro-2024 Manuel Noyer uchun Germaniya terma jamoasidagi so'nggi turnir bo'ladi. Shundan so'ng, "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen terma jamoaning birinchi raqamli posboniga aylanadi.

Oldinroq Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevropa chempionati uchun birinchi raqamli darvozabon sifatida Noyerni tanlagani ma'lum bo'lgandi. "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen esa bu qarordan noroziligini bildirdi.

2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniya maydonlarida bo'lib o'tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o'rinni egallagan to'rtta eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo'l oladi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild