Noyabr oyida "Dinamo"ni qanday o'yinlar kutmoqda?

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017
Oliy Liga-2017 mavsumi tobora o'z yakuni sari odimlamoqda.

Xususan, noyabr oyidagi so'nggi 4 tur o'yinlaridan so'ng joriy yilgi mavsumga ham yakun yasaladi.

Dinamo jamoasiga 26-tur doirasidagi Obodga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan uchrashuvda raqib jamoaning chempionatdan chetlatilgani bois texnik g'alaba yozildi. Ayni damda Dinamo 26-turdan keyin 29 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 12-o'rinni band etib turibdi.

Oldinda Dinamo jamoasini to'rtta uchrashuv kutib turibdi. Jumladan, noyabr oyining 4-sanasida Dinamo 27-tur doirasida Navoiyga safar etib, Qizilqumga qarshi maydonga tushsa, 28-turda Samarqandda ligada qolish uchun kurash olib borayotgan Farg'onaning Neftchi klubini qabul qiladi.

Samarqanddagi mavsumning yopilish marosimi bo'lmish 29-tur uchrashuvida esa Dinamo amaldagi chempion Lokomotiv klubini qabul qiladi. Mavsumning so'nggi 30-tur bahsida esa jamoamiz Muborakda Mashal jamoasiga qarshi to'p surib, 2017 yilgi mavsumni yakunlaydi.

Dinamo jamoasining noyabr oyidagi o'yinlari:

Oliy Liga. 27-tur

4 noyabr (shanba). Navoiy.

QIZILQUM - DINAMO

Oliy Liga. 28-tur

16 noyabr (payshanba). Samarqand

DINAMO - NEFTCHI

Oliy Liga. 29-tur.

22 noyabr (chorshanba). Samarqand

DINAMO - LOKOMOTIV

Oliy Liga. 30-tur.

25 noyabr (shanba). Muborak.

MASH'AL - DINAMO.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz