No'mon Hasanov: "Sho'rtan"ni juda hurmat qilaman"

Narzulla Saydullayev
18 noya 2016, 18:09
"Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

"Sho'rtan" jamoasini hurmat qilaman, sababi bu yerda o'ynaganman. Bu o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Xudoga shukur, yigitlarimiz muxlislarimizni xursan qilishdi.

Terma jamoalar o'yinlari tufayli 10 kunlik tanaffus yuzaga kelgandi. Mana shu vaqt oralig'ida barcha yigitlar bilan astoyidil ishladik. Bugun g'alabadan xursandmiz. "Sho'rtan"ga omad tilayman, shunchaki bugun bizning kunimiz edi", - deydi No'mon Hasanov.  


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia