Nodir Qo'ziboev "Neftchi"da ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2013, 12:25
Yarim himoyachi o'zining sobiq klubiga qaytishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda birinchi liganing "Istiqlol" klubi sharafini himoya qilgan Nodir Qo'ziboev "Neftchi"ning qishki yig'inida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Futbolchi 2002-2007 yillarda Farg'ona klubi sharafini himoya qilgan va 103ta o'yinda qatnashib 15ta gol urgan.

Qo'ziboev bundan tashqari oliy ligada "Paxtakor" va "Lokomotiv" kabi klublarda ham o'ynagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia