Nima? Forlan endi professional tennischi!

Mirjalol Normatov
22 okt 2024
Urugvay termasi, "Manchester Yunayted", "Atletiko" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Diego Forlan tennisda omadini sinab ko'radi.

Forlan 11-17 noyabr kunlari Montevideoda o'tkaziladigan "Chellenjer"da qatnashadi. U argentinalik Federiko Koriya bilan juftlik bahslarida qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan.

Qayd etish kerak, Forlan JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi va "Oltin butsa"ning ikki karra sohibi hisoblanadi. 2019 yilda faoliyatini yakunlaganidan keyin u ITF faxriylar turnirida ham qatnashgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/josemorgado