

"Muxlislarimizga rahmat. Bizni kelib qo'llab-quvvatlashdi. O'yin biz istagandek bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda bundan ham chiroyli o'yin namoyish etib, Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Raqib qanday bo'lishidan qati nazar biz o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Issiq havoda o'ynash biroz qiyin, ammo harakat qilyapmiz. Saralash bosqichining eng yaxshi to'purari bo'lishga harakat qilib ko'raman" - dedi Nilufar Qudratova bugungi uchrashuv haqida.




