Nikolas Gaitan: "AZga qarshi qiyin o'yin bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
4 apr 2014, 14:24
"Benfika" yarim himoyachisi Nikolas Gaitan Yevropa ligasi chorak finali doirasidagi AZga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– O'yin qiyin kechdi. Mezbonlar to'p bilan faol muomalada bo'lishdi.

Dastlabki 15-20 daqiqadan so'ng biz ko'nikib qoldik va o'yin butkul o'zgardi. AZning o'yinlarini tomosha qilgandik, jamoa juda qobiliyatli futbolichlardan iborat. Keyingi bosqichga chiqish uchun o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak, – deydi Gaitan UEFA rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net