Niko Uilyams "Real"ga o'tish bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
20 dek 2025
"Atletik" hujumchisi Niko Uilyams "Real"ga o'tishga tayyor.

Manbaga ko'ra, APL klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, futbolchi "Real"ga o'tishga umid qilmoqda, chunki "Barselona" uning transferini to'lashga qodir emasligini biladi. Niko 2026 yilning yozida Madrid klubiga o'tishga bel bog'lagan. U Ispaniyada qolmoqchi, shuning uchun ingliz jamoalariga o'tmaydi.

Niko Uilyams "Atletik" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Bilbao klubi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes