

Bu yozda 22 yoshli futbolchi Yevropaning ko'plab grandlari e'tiborida bo'ldi. Ayniqsa, uning ismi "Barselona" bilan ko'p bog'landi. Shuningdek, PSJ, "Arsenal" va "Chelsi" ham futbolchiga "sovchi" jo'natgandi. Biroq Uilyams yakunda jamoasida qoldi.
"Albatta, katta klublar seni o'z rejalaringga kiritishsa yoqimli bo'ladi. Biroq men boshqalarga ham bu yerda qolishni istayotganimni to'laqonli tushuntirib bera oldim. "Atletik"da - bu o'zgacha hissiyot, boshqa klublarda bunday bo'lmasa kerak. Bu jamoa uchun qo'limdan kelgancha yanada ko'proq yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapman.
To'g'ri, takliflar ko'p bo'ldi, bu bilan agentim shug'ullandi. Yuragim "Atletik" bilan, undan tashqari, shartnomam ham bor, kelajakda nimalar bo'lib kyetishini hech kim bilmaydi. Bu yerda qolishni istayman, chunki jamoa bilan xalqaro o'yinlarda o'ynashni ancha vaqt kutdim", - dedi Niko Uilyams.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda "Atletik" Yevropa ligasida o'ynaydi.



