Nihoyat, Ronaldu YCHLdagi omadsizlikdan ilk bor ommaga chiqish qildi

Eldor Akmurzayev
13 mar 2021, 21:30
Xabaringiz bor, “Yuventus” YCHL 1/8 finalida 2 o'yin natijasiga ko'ra “Portu”ga (1:2, 3:2) safarda urilgan gol evaziga engilib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu esa bunga o'z munosabatini bildirdi.

“Qanchalik tez va kuchli bo'lib oyoqqa turishing hayotda ro'y beradigan yiqilishlar sonidan ancha muhimroq. Haqiqiy chempionlar hech qachon sinmaydi! Bor e'tiborimizni "Kalyari", A Seriya uchun kurash, Italiya Kubogi finali hamda bu mavsum erishishimiz mumkin bo'lgan barcha narsalarga qaratganmiz.

Aytishim kerakki, o'tmish – muzeylar uchun, aynan shunday, ammo baxtga qarshi futbolda barchasi esda qoladi, xuddi men kabi. Tarixni o'chirib bo'lmaydi, u har kuni qatiyat, jamoaviy ruh, intilish va mehnatsevarlik bilan yoziladi. Bunga tushunmaydiganlar esa hech qachon shon-sharaf va muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, deya post qoldirgan Ronaldu Instagram'dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/cristiano