Nigeriyaliklar Afrika Kubogidagi muhim o'yin oldidan boykot e'lon qilishdi

Aziz Tukhtamuradov
21 iyul 2022, 09:52
Nigeriya ayollar terma jamoasi futbolchilari vada qilingan mukofot pullari to'lanmaganligi sababli mashg'ulotlarda qatnashishmadi.

Terma jamoa Afrika Kubogida bronza medali uchun o'yin o'tkazishlari lozim. Biroq, xech bir futbolchi mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan vada qilingan 10 ming dollar mukofot pulini olmadi. Ular Botsvana, Burundi va Kamerun ustidan qozonilgan g'alaba uchun pul olishlari lozim edi. 

Shu sababli, terma jamoa a'zolari kecha mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi va mas'ullarni ushbu masala yuzasidan ish olib borishga chorlashdi. 

Ma'lum bo'lishicha, Nigeriya futbol federatsiyasi mamlakat hukumatidan vada qilingan moliyaviy ko'makni ololmayapti va shu sababli inqiroz ko'chasiga kirib qolgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC