

Ma'lumotlarga ko'ra, klub Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun belgilangan pulni 26 iyulgacha to'lab qo'yadi va o'sha kuni Parij klubi futbolchisiga aylanadi. Uning shartnomasidagi tovon puli 222 mln. evro. Ikki klub ham ayni damda AQSHda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Oldinroq "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Neymar bilan uni klubda olib qolish uchun uchrashgani e'lon qilingan edi.


