Neymarning otasi: "O'g'limni hakamlar himoya qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 12:22
PSJ hujumchisi Neymar otasining so'zlariga ko'ra, hakamlar o'yinlar vaqtida uning o'g'lini ko'proq himoya qilishi kerak ekan.

Eslatib o'tamiz, Neymar "Strasburg"ga qarshi Fransiya Kubogining 1/16 final uchrashuvida (2:0) jarohat oldi.

"O'g'limning omadi kelgan, aks xolda u nogironlar aravachasida bo'lardi. Neymar yiqilsa buni simulyaciyaga yo'yishadi. 2014 yilda o'g'limni jiddiy jarohatlashgan, buni hech qanaqasiga oqlab bo'lmasdi. Uni hakamlar himoya qilishi kerak. Maydonda futbolchining bitta himoyachisi bo'ladi, u referi. Follardan qochish juda qiyin" - deydi Neymarning otasi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com