Neymarning otasi: "Hali ishlar yakunlanmadi"

Mirjalol Normatov
11 sen 2019
Neymarning otasi va agenti uning "Barselona"ga o'tishi borasidagi ishlar yakunlanmaganini aytdi.

"Yoz davomida bir necha bora uchrashdik. Transfer amalga oshishi uchun kichik muammolar to'sqinlik qildi. Ammo ishlar yakunlanmadi. Qishda muzokaralarni davom ettiramiz", - dedi Neymar da Silva.

Oldinroq "Barselona" Neymarni qaytarish uchun PSJga bir necha futbolchilarini berishga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express