Neymarning agenti Eyfel minorasining suratini joyladi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2017
"Barselona" hujumchisi Neymarning agenti Vagner Ribeyro ijtimoiy tarmoqqa Parijdagi Eyfel minorasining suratini joyladi.

Bugun, 2 avgust kuni Neymar Kataloniya klubi mashg'ulotida ishtirok etmay, futbolchilar bilan xayrlashgani ma'lum bo'ldi. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi 3 yoki 4 avgust kuni PSJda tibbiy ko'rikdan o'tadi va Fransiya klubi futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.


Futbolchi PSJga o'tganidan so'ng, Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va 5 yil ichida 300 mln. evroga ega bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com