Neymar yana diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Eldor Akmurzayev
29 apr 2019, 00:40
Fransiya Kubogining finalida Renn hamda PSJ klublari o'rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.

O'yindan keying penaltilar seriyasida esa Renn klubi muvaffaqiyat (6:5) qozonib, chempionga aylandi. Taqdirlash marosimi vaqtida jamoadoshlari qatori kumush medallar uchun tribunaga ko'tarilayotgan Neymar yo'lak yonida turgan muxlislardan biriga qo'l ko'taradi. Mamlakat futbol federatsiyasi ushbu holatni o'rganib chiqmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi mazkur harakati uchun 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Avvalroq, Neymar YCHLning uchta o'yinidan chetlatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Foot Mercato