Neymar - “Real”ga o'tadimi? May oyidagi mish-mishlar...

Narzulla Saydullayev
17 may 2018, 05:00
“Real” prezidenti Florentino Peres jamoada Neymar – Saloh – Ronaldudan iborat hujumchilar uchligini tuzishni xohlayapti.

Bu tahminan - 460 million evroni tashkil etadi. Nima deb o'ylaysiz, yo bu summa kammi?!

Yevropada ichki chempionatlarning hammasi ham hali tugagani yo'q. Qolaversa, yozgi transfer oynasi ham ochilmadi. Biroq, bazi futbolchilar klubini o'zgartirishi haqidagi mish-mishlar tarqalishga ulgurdi. Bu transfer oynasi qaynoq yangiliklarga boy bo'ladi, shekilli! Bugun sizlar bilan may oyida tarqalgan turli mish-mishlar haqida suhbatlashamiz.

Ispaniya
Eng qiziq mavzu - Real! Ispaniya OAV ma'lumotlariga qaraganda, qaymoqranglilar prezidenti  Florentino Peres Neymar – Saloh – Ronaldu uchligini tuzmoqchi ekani haqida aytgan. Madridliklar braziliyalik uchun 260 million evro, misrlik o'yinchi uchun esa 200 million evro to'lashga tayyor. Klub bu yo'lda Garet Beyl, Karim Benzema, Mateo Kovachich, Dani Sebalos va Xesus Valexodan ham voz kechishini ma'lum qilgan. Braziliyalik ham Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashga qarshiligi yo'q. Neymarning otasi esa allaqachon agent Pini Zaxaviga transferni amalga oshirishda yordam so'rab murojaat ham qildi. Ammo PSJ Neymarni, Liverpul esa Salahni sotish niyati yo'q.
Barselona ham jim o'tirmayapti. Ispaniya Chempionlar prezidenti Xosep Mariya Bartomeu hamkasbi, Atletiko rahbari Enrike Seresoga 100 million evro evaziga Antuan Grizmanni sotib olmoqchi ekani haqida habar bergan. Atletiko boshlig'i esa bundan norozi bo'lib, francuzning o'rniga boshqa nomzod izlashga tushdi. Aynan shu tufayli jamoaga Manchester Siti forvardi Serxio Aguero qaytishi mumkin. Madrid klubi rahbariyati argentinalikning vakillari bilan aloqaga chiqdi, lekin Serxio hali aniq bir qarorga kelmadi.

Shuningdek, Barselona o'z tarbiyalanuvchisi bo'lmish Tyago Alkantarani Bavariyadan qaytarib olish niyatida. Ma'lumotlarga qaraganda, terma jamoa yarim himoyachisi nemis klubidagi o'rnidan mamnun emas. Eslatib o'tamiz, 2013 yil Barsa Tyagoni 25 million evro evaziga sotib yuborgan edi.  


Angliya
Angliya Premer-ligasida Manchester Yunayted transferlar seriyasini rejalashtirmoqda va bu borada Manchester Sitini yo'lidan olib tashlamoqchi. Ingliz OAV ma'lumotlariga qaraganda, Shaxtyor yarim himoyachisi Fred uchun kechayotgan kurashda Yunayted klubi Sitidan ustunlik qilmoqda. Ukraina klubi braziliyalikni 57 million evroga sotmoqchi. Bundan tashqari, Joze Mourinyo jamoasiga Lacio yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni ham olib o'tmoqchi. Mankunianliklar Rim klubining shartlariga ko'nishdi va 90 million evro to'lashga rozilar. Shuningdek, Manchester Yunayted bazi o'yinchilarini ham sotib yuborish niyatida. Himoyachi Erik Beyi va hujumchi Antoni Marsyalga Chelsi qiziqish bildirmoqda. Biroq London klubining raqiblari talaygina. Arsenal Beyiga, Yuventus, PSJ, Roma, Tottenxem va Atletiko esa Marsyal uchun raqobatlashmoqda.    

APL jamoalariga Lionning hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir zarur. Fransiya matbuoti xabarlariga qaraganda, Chelsi bu o'yinchi uchun bo'layotgan kurashda Liverpul, Manchester Yunayted va Atletikodan biroz oldinda.

Arsenal Beyidan tashqari, Borussiya himoyachisi Sokratis Papastatopulosga ham ko'z tikmoqda. Ushbu o'yinchining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. Shuning uchun ham, gretsiyalikning narxi 20 million evrodan ko'tarilayotgani yo'q. Manchester Yunayted, Chelsi va Yuventus ham Sokratis bilan bog'liq jarayonni kuzatishmoqda.  
Manchester Siti esa Napoli yarim himoyachisi Jorjino va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni nishonga olgan. Ammo, iqtidorli francuzni sotib olish oson bo'lmaydi, chog'i… Siti klubi Bayer o'yinchisi Leon Beylini ham ko'zlamoqda. Yaya Ture esa Man Sitidan ketadi. U keyingi faoliyatini  Everton, Byornli yoki Xaddersfild Taunda davom ettirishi mumkin.

Sautgempton jamoasi Spartak forvardi Kvinsi Promesga qiziqmoqda. The Sun shu o'rinda gollandiyalik davralar oralig'ida ingliz klubiga borib qo'shilishga qarshi bo'lmaganini yodga soldi. Transfer oynasining so'ngi kunida, moskvaliklarga 35 mln funt sterling miqdoridagi taklif kelib tushgan. Ammo Spartak Promesni sotgan taqdirda, unga o'rinbosar topib ulgurmasligi tufayli transfer amalga oshmay qolgandi.

Qo'shimcha qilib RFPLning qator futbolchilari ham chempionatni tark etishlari mumkinligini aytib o'tish lozim. Fernando xizmatlari Chelsi, Tottenxem va Evertonni, Fyodor Smolov esa Vulverxempton va Fulxem, Syerdar Azmun – Everton, Fulxem, Vulverxempton, Lester, va shotlandiyaning Seltik klubini qiziqtirib qo'ygan.


Italiya
“Yuventus” maydonda ham, transfer bozorida ham Italiyaning yetakchi jamoasi hisoblanadi. Turin klubi yozda bir nechta yangi o'yinchilarni sotib olishini ma'lum qildi. Italiya OAV ma'lumotlariga qaraganda, “Keksa sinora” hujumchi Alvaro Moratani qaytarib  olish niyatida. Ispaniyalik esa arzimagan pul evaziga bo'lsa ham, “Chelsi”ni tark etish niyati borligini aytgan. “Yuventus” Morata bilan shartnoma imzolashga rozi bo'ldi, endi “Chelsi” bilan kelishish qoldi, xolos. Biroq, turinliklar hujumchi uchun 68 million evro to'lash niyatlari yo'q. London klubi esa vaqtida Moratani shu narxga sotib olgandi.

Yarim himoyachilar Emre Jan (“Liverpul”) va Jakomo Bonaventura (“Milan”) ham “Yuventus”ga o'tishi mumkin. Jan yaqin kunlarda Turin klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi (erkin agent sifatida). Uning bir yillik maoshi 6 million evroni tashkil etadi. Bonaventura - 25 million evro. “Yuventus” milanliklar bilan kelishishi oson bo'lmaydi, chog'i...

“Milan” ham “Arsenal” yarim himoyachisi Jek Uilsherni ko'zlab turibdi. Eslatib o'tamiz, mavsum so'ngida o'yinchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi.
“Napoli” esa “Sporting” darvozaboni Ruy Patrisiu va “Marsel” yarim himoyachisi Floryan Tovenga diqqatini qaratgan. Italiya klubi 30 yoshli portugaliyalik golkiper uchun 15-20 million evro to'lashga tayyor. Toven haqida esa hali hech qanday ma'lumot yo'q. Biroq, 25 yoshli futbolchi yaxshigina narxga baholanishi aniq.  

Boshqa mamlakatlar
Agar PSJ bo'lmasa, transfer bozori ham huvullab qolsa kerak. Neymar, uning otasi va agenti Fransiya klubi rahbariyatini braziliyalikni “Real”ga o'tishiga ko'ndirishsa ham, PSJ bundan kuchsizlanib qolmaydi. 1 Liga Chempionlari bir-birlari bilan pul borasida hamon janjallashmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, parijliklar “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksenga qiziqmoqda. PSJ daniyalik uchun “shporlar” hisobiga 100 million funt sterling (tahminan 113,5 million evro) o'tkazib berishga tayyor.
Shunindek, “Shalke” yarim himoyachisi Maksimilian Mayer ham Parijga ko'chib o'tishi mumkin. Bu o'yinchi nafaqat maydondagi harakatlari bilan, balki agenti yo'qligi bilan ham PSJni o'ziga qarata oldi. Bundan tashqari, “Liverpul”, “Barselona” va “Arsenal” klublari ham bu futbolchi bilan qiziqmoqda.

Ueyn Runi va Fernando Torres Amerika tomon sayohatga otlanmoqda. Ingliz hujumchisi “Di-Si Yunayted” taklifini qabul qildi. “Everton” bu transfer uchun 14 million evroni qo'lga kiritadi. Ispaniyalik esa “Chikago Fayr” bilan shartnoma imzolashiga bir necha qadam qoldi, xolos. Torresning “Atletiko” bilan tuzgan shartnomasining muddati o'z nihoyasiga etmoqda. Keyin esa u MLSga kyetib, u yerda tajriba orttirib, yo'g'e ko'proq pul orttirib, yangi mamlakatda yutuqlarga erishish niyatida.

Turkiyaliklar esa RFPLning 2ta o'yinchisi - Axmed Musa va Nemanya Peychinovichni sotib olishni rejalashtirmoqda. Turkiya OAV so'zlariga qaraganda, “Galatasaroy” klubi “Lester”ning nigeriyalik forvardini ijaraga olish uchun harakat qilmoqda. Istanbul klubi Musa ularning jamoasida bir mavsum maydonga tushishi uchun 3,5 million evro taklif qilyapti. Peychinovichga esa “Fenerbaxche” davogarlik qilayotgandi, biroq himoyachi chempion “Lokomotiv”da qolishni afzal ko'rmoqda.

“Barselona” afsonasi Andres Inesta yozda kataloniyaliklar klubini tark etishini e'lon qilgandi. Avvaliga Andres Xitoy tomon yo'l oladi deyishayotgan bo'lsa, endi bu kurashda Yaponiyaning Vissel Kobe klubi favoritga aylandi. Yaponlar Inestaga yaxshigina maosh - yiliga 30 million evro taklif qilishmoqda.  

Nozima Zaripova tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia