Neymar "Real"ga ko'chib o'tishga tayyor

Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Neymar Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Hujumchi Braziliyada  ikki marotaba "Real" klubi vakillari bilan uchrashgan,ayni damda Neymar jarohatini tiklash bilan band. AS nashrining xabar berishicha, "Real"ning sobiq futbolchisi Ronaldo Neymar bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchining transfer narxi 222 million evro deya baholanmoqda. Neymar "Real"ga ko'chib o'tishga tayyor.


Manba: footballhd.ru