Neymar PSJ bilan muzokaralarni to'xtatdi. U qaytmoqchi

Mirjalol Normatov
4 apr 2021, 13:55
PSJ forvardi Neymar "Barselona"ga qaytishni istamoqda.

Kataloniyaning "Ara" nashri yozishicha, braziliyalik futbolchi PSJ bilan muzokaralarni to'xtatgan va u Leo Messining "Barselona"da qolishiga umid qilmoqda.

Neymar PSJ rahbariyatiga "Barsa"ga qaytish istagi borligini aytib qo'ygan. U 2013-2017 yillar davomida "Barselona" tarkibida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ara