Neymar Parij yaqinidan besh qavatli uy sotib oldi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2017, 13:09
PSJ hujumchisi Neymar Fransiyada xususiy uy sotib oldi.

25 yoshli braziliyalik "Barselona"dan kyetib, Parijga kelganidan so'ng, mehmonxonada yashayotgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar Parij yaqinidagi shaharchadan 5 qavatli uy sotib oldi.

Endi braziliyalik futbolchi 9 ming aholisi bor Bugivalda yashaydi. Neymar uyi atrofida 5 ming kvadrat metrga teng gazon, ayvon va hovuzlar (basseyn) bor. Neymarning yangi uyi PSJ mashg'ulot bazasidan bir necha kilometr uzoqda joylashgan. Ma'lum bo'lishicha, bu hududda uning jamoadoshi Leyvin Kurzava ham istiqomat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Figaro