Neymar muxlislarga qarsak chalgani uchun pul olar ekan

Aslanov Jasurbek
9 noya 2018, 18:45
PSJ hujumchisi Neymar o'zini tutishi uchun klubdan turli mukofot pullari olishi ma'lum bo'ldi.

France 2 bergan ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi o'zini to'g'ri tutishidan 375 ming evro ishlaydi.

Braziliya terma jamoasi futbolchisi bu mablag'ni olish uchun har bir o'yindan so'ng muxlislarga qarsak chalishi, OAV vakillari bilan xushmuomala bo'lishi, PSJ o'yinlariga pul tikmasligi kerak.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bu qoidalarga rioya qilsa 117 ming, Dani Alves 70 ming, Anxel Di Mariya, Edinson Kavani va Tyago Silva 33 ming evrodan ishlab oladi.

Neymar joriy mavsum PSJ safida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France 2