Neymar Kamerunga qarshi o'yinda maydonga tusha oladimi?

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 11:58
Hujumchi kuni kecha jarohat olgan edi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi Qatarda davom etayotgan Jahon chempionatida jarohatlangan futbolchilari bilan bog'liq vaziyat haqida ma'lumot berdi.

"Tekshiruv Aleks Sandroning chap soni mushaklarida jarohati borligini aniqladi. Danilo va Neymar to'pig'idan olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Kamerunga qarshi o'yinda uchalasi ham ishtirok etmaydi", – deyiladi xabarda.

JCH-2022 guruh bosqichining dastlabki ikki turida Braziliya terma jamoasi ikkita g'alabaga erishib (Serbiya va Shveytsariya ustidan), musobaqaning pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Kamerun – Braziliya uchrashuvi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cob.org.br