

Uchrashuvda braziliyalik Neymar xet-trikka erishdi. Shu tariqa Neymarning YCHLda urgan gollari soni 30 taga etdi. Bu orqali futbolchi musobaqda eng ko'p gol urgan braziliyalik futbolchilar reytingida birinchi o'rinda borayotgan Kakaga yetib oldi. Endi ikkala futbolchi hisobida ham bir xil 30 tadan gol bor. Neymar kechagi gollari orqali 27 taga gol urgan Rivaldoni ortda qoldirishga erishdi.



