Neymar Braziliya terma jamoasi safidagi gollar soni bo'yicha Ronaldoni ortda qoldirdi

14 okt 2020, 09:37
JCH-2022 saralashi doirasida Braziliya terma jamoasi Peruni Neymarning xet-triki evaziga taslim qildi (4:2).

Shu tariqa Neymarning mamlakat bosh jamoasi safida urgan gollari soni 64 taga etdi. Natijada u 62 ta gol urgan Ronaldoni ortda qoldirib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Neymardan oldinda faqat afsonaviy Pele bor. Futbol qirolining hisobida terma jamoa safida urilgan 77 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA