Neymar “Borussiya”ga qarshi bahs qaydnomasidan joy oldi

PSJ YCHL 1/8 finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi kechadigan bahs qaydnomasini e'lon qildi.

PSJ qaydnomasi quyidagi futbolchilardan tashkil topgan: 

Marcin Bulka, Serxio Riko, Keylor Navas, Tilo Kerer, Toma Myone, Presnel Kimpembe, Tyago Silva, Nyanzu Tangi Kuassi, Leyvin Kurzava, Xuan Bernat, Idrissa Gana Geye, Markinos, Ander Errera, Anxel Di Mariya, Yulian Draksler, Pablo Sarabiya, Marko Verratti, Edinson Kavani, Mauro Ikardi, Kilian Mbappe, Neymar.

YCHL 1/8 finalidan joy o'rin olgan “Borussiya” D – PSJ uchrashuvi ertaga, 18 fevral kuni Dortmunddagi “Signal Iduna Park”da bo'lib o'tadi.


Manba: championat.com