Neymar Barselona bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytiradi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2016, 10:41
Barselona rahbariyati yaqin orada Neymar bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Kataloniyaliklar Neymar bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirishmoqchi. Kelishuv keyingi hafta amalga oshadi. Neymarning maoshi oshiriladi.

Futbolchining transfer narxi ham oshadi: 2016/17 yilda – 200 million evro, 2017/18 yilda – 222 million, undan keyin 250 millionga etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es