"New Balance" "Liverpul"ni sudga berdi

Alisher
24 sen 2019
Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi New Balance kompaniyasi "Liverpul" ustidan sudga shikoyat qildi.

New Balance'ning takidlashicha, kompaniya bilan imzolangan shartnomaga ko'ra, "New Balance"da "Liverpul"ning hamkori bo'lish qolish haqidagi modda bor.

Agar New Balance raqobatchilaridan ko'ra yaxshiroq shartnoma taklif qilsa bu modda yuridik faktga aylanadi. Amerikaliklar esa aynan shu holatdan foydalanib qolishmoqchi.

"Liverpul" bilan bo'layotgan muzokaralarda Nike yetakchilik qilmoqda.

Kompaniya va klub deyarli kelishib ham olishdi. Unga ko'ra, firma "qizillar"ga yiliga 70 million funt sterling to'laydi. Bu esa klub tarixidagi rekord bitimga aylanadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports