Nemis yulduzlaridan yangi yil tilaklari

Nadirkhuja Yuldashev
31 dek 2014
Qadrli muxlislar, bir necha soatlardan so'ng yangi yil kirib keladi. Kelayotgan yil barcha-barchaga omad olib kelsin.
2014 yil yanada muvaffaqiyatliroq o'tishini istardim. Hammangizga o'zimning eng ezgu tilaklarimni tilayman.
Tomas Myuller

O'tgan 2013 yil juda ham mazmunli o'tdi va muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Istardimki, yangi yil undan ham yaxshi o'tsin. Barcha futbol muxlislariga va ularning oilalariga yangi yilda omad yor bo'lsin!
Marko Roys

Ulkan yutuqlarga boy bo'lgan yil nihoyalab bormoqda. Ushbu yilda bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va ularga yangi yil omad keltirishini tilayman.
Manuel Noyer

Aziz futbol muxlislari, bayram kunlarini ajoyib o'tkazayotganingizga ishonaman. Kirib kelayotgan yangi yilda hammangizga sihat-salomatlik tilayman! Hamma ezgu tilaklaringiz ro'yobga chiqsin!
Mark Andre ter Shtegen

Chindan ajoib yilni o'tkazdik. Yil davomida menga dalda bo'lganliklari uchun oilam, do'stlarim va muxlislarimga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Hammamizga yangi yil baxt va shodlik tuxfa etsin.
Jerom Boateng

Qadrli muxlislar, mana 2013 yil ham sekin-asta poyoniga yetib bormoqda. Ushbu yil hammamiz uchun ham ajoib o'tdi. Men ham sportchi sifatida katta o'sishga erishdim, deb o'ylayman. Keling, bugun sport haqida emas, undan-da muximroq narsalar haqida so'z yuritaylik! Men barcha-barchangizga yangi yil qutlug' kelishini tilayman. Sizlarga sog'lik va har jabhada omad tilayman.
Per Mertezaker

Facebook tarmog'i materiallari asosida Zohir tayyorladi


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia